29 Mart 2025 yil 465

Surxondaryo viloyati mas’ullari Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-son qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar Qumqo‘rg‘on tumanida davom ettirildi.

Avval xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. O‘rganishlarning navbatdagi manzili Qumqo‘rg‘on tumanida davom ettirildi.

Xususan, tuman prokuraturasida tashkil etilgan tuman muvofiqlashtiruvchi shtab va ishchi guruh a’zolari tomonidan Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari muhokama qilinib, tuman “Yo‘l xarita”da belgilab berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli ijro etilishini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar haqqoniyligini kunlik nazorat tartibida o‘rganib borilishi lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Bu boradagi amaliy ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Text to speech