9 Oktyabr 2025 yil 106

Surxondaryo viloyati IIO hodimlari ishtirokida navbatdagi amaliy seminar-mashgʻuloti oʻtkazildi.

 Joriy yilning 7-oktabr kuni IIV  JXD  Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori podpolkovnik Aziza Xaydarova ishtirokida, viloyat IIB barcha shahar-tuman IIB JXX HPB VY va YBIG katta inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari ishtirokida amaliy seminar-mashgʻulot oʻtkazildi.

Mazkur seminar-mashgʻulot “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik” mavzusida boʻlib oʻtdi. Jarayon davomida xodimlarga, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan oʻtkazilishi lozim boʻlgan profilaktik ishlar haqida tushunchalar berildi.

Mashgʻulot davomida ishtirokchilar bilan tajriba almashildi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarga “himoya orderi”ni berish, oʻttiz kun muddatda tazyiq yoki zoʻravonlik qilgan shaxsga nisbatan cheklovlar oʻrnatish boʻyicha oʻz fikr va takliflarini bildirdilar.

Mazkur seminar-mashgʻulot xodimlarning malakasini oshirish, ilgʻor tajribalarni amaliyotga joriy etish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

 

 

Text to speech