20 Sentyabr 2024 yil 346

Surxondaryo viloyati IIBning sohaviy va hududiy bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan psixologlar ishtirokida “Eng yaxshi psixolog” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq Ichki ishlar organlarida psixologik ta’minlashning sifat jixatdan samaradorligini yanada oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan psixologlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni yaratish orqali yetuk mutaxassis psixolog kadrlar safini yanada kengaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 1 fevral kunidagi “ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi psixolog” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 57-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan psixolog mutaxassisiga ega bo‘lgan xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi psixolog” tanlovi o‘tkazildi.

Daslab, boshqarma MMI va KBTX MMIB PTG bosh psixologi tomonidan tanlov ishtirokchilarga mazkur tanlov qonun qoidalari tushuntirib o‘tildi. Tanlovning dastlabki bosqichi psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari, targ‘ibot-tashviqot ishlari, trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki hamda psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qog‘ozi, videoroligi namoyishi, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan g‘oya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari va tanlov ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar asosida  o‘tkazildi.

Murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlov natijalariga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi katta psixologi leytenant Ximmatov Sarvarjon Shavkat o‘g‘li, faxrli 2-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyi psixologi Bekmuratova Xalima Maksatovna egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘ringa Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi kapitan Djo‘raeva Mohida Valievna loyiq deb topildi.

Ko‘riktanlov g‘olibligini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar kelgusida tanlovning Respublika final bosqichiga qatnashish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Text to speech