Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish-muhim vazifa” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 3 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor X.P.Nurmatov ishtirokida viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzini oshirish-muhim vazifa” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi
o‘tkazildi.
Mavzu
tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar doktori professor
Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir
hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ba’zi
xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi
hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan
yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, korrupsion jinoyatlarning oldini olishda
namuna ko‘rsatib kelayotgan viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish
boshqarmasi bosh inspektori kapitan A.Suvanov boshqarma boshlig‘ining qimmatbaho
sovg‘asi bilan taqdirlanib, el-yurt oldida qilayotgan xizmatlari e’tirof etildi.