Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Raqamlashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali yechim” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 27 yanvar kuni Yoshlar markazi binosida, Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar
boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Raqamlashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashishda
eng samarali yechim” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy tahlil asosida muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Respublika va viloyatimiz hududida ichki ishlar organlari
xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib,
O‘zbekiston Respublikasi IIB Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati
bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati hamda viloyat IIB axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan ichki ishlar
organlari xodimlari bilan bog‘liq salbiy holatlar aks etgan videorolik shaxsiy tarkib
e’tiboriga namoyish etildi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar va IIV Surxondaryo akademik litsey o‘quvchilarini vatanparvarlik, xizmat burchiga va qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ichki ishlar organlari Faxriylar kengashi bilan birgalikda “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.