Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Mahalla – qadriyatlar maskani” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
5 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Mahalla – qadriyatlar maskani” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlari doktori professor T.Pardaevning
ma’ruzasi tinglandi.
“Ma’naviyat va
ma’rifat” darsi davomida qo‘shimcha mavzu sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Surxondaryo viloyati filiali
bosh inspektori N.Mo‘minovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya
etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli
Qarorining mazmun-mohiyati mavzusidagi ma’ruzasi tinglanib, ushbu qonunning mazmun
mohiyati shaxsiy tarkib e’tibotiga yetkazildi.
Shuningdek, viloyat
IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining yuridik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.Djalilovning “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusidagi ma’ruzasida
O‘zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar
tinglanib, mavzu asosida tayyorlangan videorolik shaxsiy tarkib e’tiboriga havola
etildi.
Shundan so‘ng,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i
podpolkovvnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi
hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini bildirib
o‘tdi.
Bundan tashqari,
ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi
hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi
IIVning tegishli buyrug‘i bilan bir qator ichki ishlar organlari xodimlariga “leytenant”
hamda “podpolkovnik” maxsus unvonlari berilgan bo‘lsa, viloyat IIB boshlig‘ining
buyrug‘i bilan “ichki ishlar organlari tizimida turli lavozimlarda uzoq yillar samarali
xizmat qilib kelgan, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi xodimi podpolkovnik Shokir Xo‘jamqulov” Qurolli kuchlar zahirasiga olinib,
pensiyaga tantanali ravishda kuzatildi.