13 Iyul 2024 yil 445

Surxondaryo viloyati IIBda Jamoat xavfsizligi xizmati YHXBning 6 oy yakuni sarhisobi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda joriy yilning olti oyi davomida  viloyat hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari, havfsiz harakatni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarning faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Shundan so‘ng xodimlarning xizmat intizomiga qat’iy rioya etishi, poraxo‘rlik va korrupsion holatlarga berilmasligi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan rahbar xodimlarning faoliyatiga to‘xtalib, tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech