8 Iyul 2024 yil 378

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Muomala madaniyati – xodimning ma’naviy qiyofasi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 1 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor H.Nurmatov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Muomala madaniyati – xodimning ma’naviy qiyofasi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati kadrlar bilan ta’minlash guruhi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori kapitan Jasur Xazratqulovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirdi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Joriy yilning 1 iyul kunidan 31 iyul kuniga qadar Respublikaning barcha hududlarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilayoganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha shaxsiy tarkib faol ishtirok etishga chorlab, oylik doirasida barcha aholi qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishlari uqtirildi.

Shuningdek, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Text to speech