23 Sentyabr 2024 yil 228

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Radikalizm: oqibatlari va oldini olish yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 23 sentabr kuni viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik O‘.Hamroev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Radikalizm: oqibatlari va oldini olish yo‘llari” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi katta mutaxassisi katta leytenant I.Suyunovning ma’ruzasi tinglandi.

O‘quv darsi davomida, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi mas’ul xodimi podpolkovnik H.Umbarov tomonidan, “O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 avgustdagi O‘RQ-946-son "Qurol to‘g‘risidagi krnunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2201-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida" hamda 28 avgustdagi O‘RQ-949-son "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining konunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida" Qonunlarning mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazilib, amaliyot davomida xodimlar tomonidan amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalari bildirib o‘tildi.

Bundan tashqari, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, jamiyatda ta’magirlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish unga murosasiz qarshi kurashish borasida  jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlari alohida e’tirof etilib, viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan pul mukofoti viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan tantanali ravishda topshirilidi.

Text to speech