21 Yanvar 2025 yil 481

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Joriy yilning 21 yanvar kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid Atanazarov tomonidan Termiz shahri hamda Termiz  tumani fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida asosiy e’tibor, sohaga doir murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, murojaatlarning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar ishtiroki ta’minlandi.

Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 8 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. 3 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan nazoratga olindi.

Text to speech