Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Xalqqa xizmat qilish – sharafli burch” (25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni) mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 28 oktabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Xalqqa xizmat qilish – sharafli burch” (25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni) mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan, Termiz Davlat Universiteti tarix fanlari doktori professor T.Pardaev
hamda Termiz shahri 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi Tarix fani o‘qituvchisi
A.To‘raevlarning ma’ruzalari tinglandi.
O‘quv darsi davomida,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning
xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalari
bildirib o‘tildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada viloyat IIB terma jamoasi xodimlari faxrli birinchi o‘rinni egallaganliklari uchun “G‘oliblik kubogi” hamda pul mukofotlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.