14 Oktyabr 2024 yil 424

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Siyosiy partiyalar va saylov” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 14 oktabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Siyosiy partiyalar va va saylov” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz  shahar adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti V.Nazarovning ma’ruzasi tinglandi.

O‘quv darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, O‘zbekiston “Kik-boksing” federatsiyasining 2024 yil 24-29 sentabr kunlari Toshkent shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida sportning “Kik-boksing” turi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 28 sentabr kunidagi “Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i asosida joriy yilning 30 sentabr kunidan 3 oktabr kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlarning xizmatlari alohida e’tirof etilib, ularga viloyat IIB boshlig‘ining pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan viloyatimiz hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini, yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan barcha shaxsiy tarkibga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech