Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Tarix – vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor manbai” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
1 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Tarix – vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor manbai”
mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar doktori professor Toshkenboy Pardaevning
ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i
Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, xodimlarning xizmat
intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini
bildirib o‘tdi.
“Ma’naviyat va
ma’rifat” darsi davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli
buyruqlari bilan ikki nafar Ichki ishlar organlari rahbar va xodimlariga navbatdagi
“podpolkovnik” maxsus unvoni hamda bir qator ichki ishlar organlari xodimlariga
Ichki ishlar vazirligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari, diplom, qo‘l soati, badiiy
kitoblar jamlanmalari bilan viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov
tomonidan tatatantanali ravishda taqdirlanishdi.
Jarqo‘rg‘on tumanida, korrupsiyaga qarshi
kurashishda xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘lib, noqonuniy qilgan qilmishlarini pora
berish evaziga ishni yopti-yopti qilishni maqsad qilgan shaxslar tomonidan uzatilgan
porani rad qilib, qonuniy chora ko‘rishni afzal bilgan profilaktika inspektoriga
va’da qilingan pul miqdoridagi summa mukofot tariqasida tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar
organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 30 noyabrdagi PQ–23-son
qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 27 dekabr
kunidagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida Jamoat xafsizligi
universiteti, Toshkent davlat yuridik unversiteti hamda yurisprudensiya sohasida
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalari
sirtqi ta’lim shakliga tavsiyanoma olish istagini bildirgan Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarida xizmat
olib borayotgan 11 nafari yuqori natijalarga erishganligi uchun tavsiyanomalar berildi.
“Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.Shadiev tomonidan Joriy yilning 1 iyul kunidan 31 iyul kuniga qadar Respublikaning
barcha hududlarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida
targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlar o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha
shaxsiy tarkib faol ishtirok etishga chorlab, oylik doirasida barcha aholi qatlamlari
o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishlari uqtirildi.
Shuningdek, viloyati IIB boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama qilindi.