Surxondaryo viloyati IIBda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevral
kunidagi “Ichki ishlar organlarining ekspert – kriminalistika faoliyatini zamonaviy
ilm- yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122 son qarori
hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 27 aprel kunidagi “Ichki ishlar
organlari tizimida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” va “Eng yaxshi
ekspert-kriminalist” ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyruqlari
talablari asosida kuni kecha, Surxondaryo viloyati IIB hamda shahar-tuman IIB Ekspert-kriminalistika
xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik tanlovining viloyat
bosqichi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ko‘rik tanlovda ishtirokchilar, o‘z sohalari
bo‘yicha intellektual salohiyatlari, jismoniy va jangovar tayyorgarligi hamda xizmatga
oid me’yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatlar asosida
o‘z tajriba va ko‘nikmalarini namoyish etgan bo‘lsalar, malakaviy bilimlarini test
jarayonlarida namoyon etishdi.
Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni viloyat
IIB Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti podpolkovnik Istamjon Alimov, ikkinchi
o‘rinni Termiz shahar IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant
Islom Norbekov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Termiz tumani IIB Ekspert-kriminalistika
guruhi katta eksperti katta leytenant Isomiddin Jo‘raev uchinchi o‘ringa munosib
deb topildi.
G‘oliblikni
qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmasini
qo‘lga kiritishdi.