5 Sentyabr 2024 yil 293

Surxondaryo viloyati IIBda xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-sentabr kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida 2024-2025-yillar uchun mo‘ljallangan xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Xususan, bugungi kunda yurtimizda, xususan, ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar hamda bu borada sohaga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganishga alohida e’tibor qaratilib mutaxassislar jalb etilgan holda o‘tkazilmoqda.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari viloyatning barcha shahar-tuman IIBlarida amalga oshirilmoqda.

Text to speech