20 Yanvar 2025 yil 564

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Mobillashib borayotgan tafakkur” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Baxtiyor Inoqov hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadievlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Mobillashib borayotgan tafakkur” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz shahridagi 10- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Ramozon Davlatbekovning ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, IIV tomonidan taqdim qilingan hafta davomida Respublikamizga oid va dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtiqodiy, siyosiy,  ma’naviy-ma’rifiy, fan va meditsina sohalarida qilingan yangiliklar voqea va hodisalar haqida tayyorlangan video lavha shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbsari B.Inoqov tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari Sh.Shadiev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining tegishli buyrug‘i bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirilgani o‘qib eshittirildi.

Text to speech