Surxondaryo viloyati IIBda Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan joriy yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Bugun Surxondaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
B.Inoqov huzurida Jamoat xavfsizligi xizmatining Huquqbuzarliklar profilaktikasi,
Jamoat tartibini saqlash boshqarmalari hamda Probatsiya bo‘limi tomonidan joriy
yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlari, erishilgan yutuqlari hamda
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhda,
soha rahbarlari va xodimlari, barcha shahar-tuman IIBlari ishtirokida videoselektor
yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muhokama
yig‘ilishda, sohaviy xizmat boshliqlarining huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt
oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti tinglanib, sodir
etilgan jinoyatlar salmog‘i bo‘yicha tahlil qilindi. Shuningdek, huquqbuzarliklar
profilaktikasi borasida viloyatning kriminogen vaziyati eng og‘ir bo‘lgan hududlari, xotin-qizlar
jinoyatchiligi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, yoshlar jinoyatchiligi, Ilgari
sudlanganlar jinoyatchiligi, Mastlik holatida
sodir etilgan va boshqa turdagi jinoyatlar borasida
olib borilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi tanqid qilindi.
Yig‘ilish yakunida, viloyat
IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan qator topshiriq va vazifalar
belgilab berildi.