Surxondaryo viloyati IIBda “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7 oktabr kuni Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi
sohaviy xizmat va Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Uch
avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvga Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar
kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.H.Sharafutdinov, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori
leytenant R.R.Oripov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat va Termiz
shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda bir guruh faxriylar ishtirok
etdi.
Uchrashuvda, dastlab Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-mart kunidagi PQ-167-son
Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-sentabr kunidagi yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 29-sentabr kunidagi ko‘rsatmasiga
asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Keksalarga hurmat-yoshlarga
ibrat” degan bosh g‘oya asosida “Keksalar haftaligi” doirasida “Uch avlod uchrashulari”
tashkil etilayotganligini, bu kabi uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Ichki
ishlar organlariga yangi qabul qilingan yosh xodimlarimizni tizimga moslashishida
o‘zlarining boy hayotiy tajribalari bilan ularni tizimga moslashishda ko‘mak berishdan
iborat.
Shundan so‘ng, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.H.Sharafutdinov so‘zga chiqib, O‘zining uzoq va mashaqqatli xizmat yillari haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi. Va bugangi kunda yurtimizda yoshlarga shu qatori faxriylarga ham hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlarni alohida etirof etib, albatta bu kabi IIO xodimlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, shuningdek faxriylar yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul ekanliklari ta’kidlandi.
Surxondaryo
viloyati IIB Axborot xizmati