13 Aprel 2024 yil 533

Surxondaryo viloyati IIBda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Joriy yilning 13 aprel kuni viloyat IIB katta majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich huzurida 2024 yilning 3 oyi davomida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shaxsiy tarkibi, soxaviy xizmatlarning ma’naviy ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektorlari ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Samandarov Qudrat Bozorboevich ham taklif etildi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xizmat xodimlari hamda joylardagi mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar xizmat boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga bir qator topshiriq va takliflar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida mas’ullarga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot berilishi ta’kidlandi.

Text to speech