Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Kino sanatining yoshlar tarbiyasiga ta’siri” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 25 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Kino sanatining yoshlar tarbiyasiga ta’siri” mavzusida navbatdagi
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu
tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti milliy liboslar san’ati fakulteti
katta o‘qituvchisi Jumaev Xusan Xudoyberdievichning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir
hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev hamda IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i
podpolkovnik Q.Samandarovlar tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat
intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama qilindi.