29 Iyul 2024 yil 284

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Bugungi dunyoning geosiyosiy manzarasi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 29 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Bugungi dunyoning geosiyosiy manzarasi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimining ma’ruzasi tinglandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida qo‘shimcha mavzu sifatida, viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy axrobot bo‘yicha bosh maslahatchisi Bunyod Avazovning O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024 yil 5 iyundagi PQ-210-son Prezident Qarorining mazmun-mohiyati mavzusidagi ma’ruzasi tinglanib, ushbu qonunning mazmun mohiyati shaxsiy tarkib e’tibotiga yetkazildi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan Joriy yilning 1 iyul kunidan 31 iyul kuniga qadar Respublikaning barcha hududlarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha shaxsiy tarkib faol ishtirok etishga chorlab, oylik doirasida barcha aholi qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishlari uqtirildi.

Bundan tashqari, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shu bilan birga ichki ishlar organlari xodimlarining ijrochilik intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlarini mustahkamlash maqsadiga qaritilgan “O‘ylanmay bosilgan qadam yoxud to‘qlikka sho‘xlik qilish oqibati” nomli videofilm shaxsiy tarkib e’tiboriga havola qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilib kelgan, Qumqo‘rg‘on tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika ispektori podpolkovnik G‘ayrat Ashurov hamda Termiz shahar IIB 1- son Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan podpolkovnik Tohir Hurmatovlar Qurolli kuchlar zahirasiga olinib, pensiyaga tantanali ravishda kuzatildi.

Text to speech