Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Millat fidoyilari (31 avgust- Qatag‘on qurbonlarini yod etish etish kuni)” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
26 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Millat fidoyilari (31 avgust- Qatag‘on qurbonlarini yod
etish etish kuni)” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan Termiz Davlat Universiteti Jaxon tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix
fanlari bo‘yicha falsafa doktori I.Umarovning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning
xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini
bildirib o‘tdi.
Bundan tashqari,
boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning
yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining
buyrug‘i bilan viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi komandiri
podpolkovnik Bahodir Nazarov hamda viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan viloyat
IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi katta serjant
Ixtiyor Layloqovlar “Qurolli kuchlar zahirasi”ga olinib, pensiyaga tantanali ravishda
kuzatildi.