Surxondaryo viloyati IIBda Termiz shahar va Termiz tumani IIB xodimlari, ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i tomonidan 2024 yil 15 fevral kunida tasdiqlangan reja dastur asosida,
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil
etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida
xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini
olish maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda Termiz shahar
ichki ishlar boshqarmasi va Termiz tumani ichki ishlar bo‘limida xizmat olib borayotgan
xodimlar hamda ularning oila a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib,
bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini,
ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda
mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga
asoslangan keng dunyoqarashini yanada shakllantirish
yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, ammo ba’zi
bir xodimlar ushbu yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan xozirgi
kunda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etmasdan javobgarlikka tortilib ketayotganligini
qayd etdi.
Shuningdek, kelgusida xodimlarimiz jonajon
O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik,
bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni
muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib,
davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni
shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2023 yil davomida
viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy
holatlar asosida tayyorlangan videofilm xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida
o‘zlariga tegishlicha to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun yig‘ilganlarning e’tiboriga
namoyish etildi.
Namoyish etilgan film yakunida Ichki
ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha
boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Samandarov Qudrat Bazarbaevich hamda Surxondaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi istefodagi podpolkovnik
Sharafutdinov Akrom Himoyitdinovichlar so‘zga chiqishib, namoyish etilgan ushbu
videofilmdan har bir xodim o‘ziga tegishlicha xulosa chiqarib olishlari, to‘g‘rsida
ta’kidlab o‘z fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga bildirib o‘tishdi.
Tadbir so‘ngida xizmat faoliyati davomida
ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning
ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda
esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.