Surxondaryo viloyati IIBda biriktirlgan yoshlar uchun ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan
yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, taklif va murojaatlarini tinglash,
kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini taminlash, bir so‘z bilan aytganda, ularni
ertangi kunga ishonch va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugungi kunning eng
dolzarb mavzularidan biri ekanligi hech kimga sir emas.
2024 yilning 12 yanvar kuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi
yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar hamda “2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash
yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tizimi joriy etilgan bo‘lib, Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov hamda viloyat IIB
Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i Sherqo‘zi Sattorovlar
mas’ul etib qo‘yilgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida
ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Boshqarma ma’sul xodimlari tomonidan
kuni kecha Termiz shahar 1- hamda 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil
olayotgan o‘quvchilar ishtirokida Sherobod
tumani hududida joylashgan Abu Iso At-Termiziy yodgorligiga sayohat amalga oshirildi.
Abu Iso at-Termiziy yodgorlik
majmuasi, tarixiy-me’moriy obidalardan sayyohlar oqimi uzilmaydi albatta. Manzilda
o‘quvchi yoshlar buyuk muhaddis Olim Abu Iso at-Termiziy hayot yo‘li haqidagi ko‘plab
ma’lumotlarga ega bo‘lishdi
Keyingi manzil, Buyuk ipak yo‘li
chorrahasida joylashgan Surxon vohasining tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lmish Sulton
Saodat ziyoratgohi bo‘ldi.
Ajdodlarimiz yaratgan bebaho qadriyatlar, turfa urf-odat
va an’analar, nodir me’moriy va tarixiy ahamiyatga molik obidalar yoshlar qalbida
o‘tmish tarixga bo‘lgan qiziqish shakillanishida muxim ahamiyat kasb etadi.