29 Aprel 2024 yil 319

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Korrupsiya ma’naviyatga taxdid” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 29 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Korrupsiya ma’naviyatga taxdid” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti o‘zbek adabiyoti kafedirasi katta o‘qituvchisi Ulug‘bek Xamdamovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Shu bilan birga xizmat davomida, xizmatdoshlariga namuna ko‘satib, korrupsion jinoyatlarga murosasiz kurashishda faollik ko‘rsatib kelayotgan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati bataloni tumanlararo yo‘l-patrul xizmati otryadi komandiri katta leytenant R.Jumaev, viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan “pul mukofoti” bilan taqdirlandi.

Text to speech