Surxondaryo viloyati IIBda “Korrupsiya – ma’naviyatimizga tahdid” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev, sohaviy xizmat rahbarlari va shaxsiy
tarkibi ishtirok etdi.
Mavzu yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi
Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimining
ma’ruzasi tinglandi. Unda “Korrupsiya” tushunchasi,
Korrupsion jinoyatlarning kelib chiqishi
va ularning rivojlanishi, tarixdan korrutsion jinoyatlarga qarshi kurashish borasida
amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashga oid xalqaro standartlar tizimi
haqida ham fikr yuritilib, bunda BMTning 2003 yil 31 oktabrdagi “Korrupsiyaga qarshi”
konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2008 yil 7 iyulda qabul qilingan,
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida 2003 yil qabul qilingan
korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga O‘zbekiston 2010 yilning mart oyida
qo‘shilganligi, Gongkongda korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining yo‘nalishlariga
birma bir to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 2023 yilda Ta’lim tizimi
Avtomaktablar, Davlat xizmatlari markazi, Tibbiyot, Bank, hokim yordamchisi va ta’minotchilar, Obodonlashtirish
boshqarmasi, O‘zini o‘zi boshqarish
organlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.