Surxondaryo viloyati IIBda “Xodimbay” ishlash jarayoni elektron tizimga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIVning 2023 yil 30 apreldagi “Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga rioya
etilishini ta’minlashga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi
tegishli buyrug‘ining mazmun-mohiyati va “Xodimbay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni tashkillashtirish maqsadida joriy yilning 28
mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining
mas’ul xodimi ishtirokida viloyat IIB sohaviy xizmatlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga
mas’ullari, shahar, tuman IIB boshliqlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosarlari hamda kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektorlari uchun o‘quv
mashg‘uloti tashkil etildi.
Uchrashuvda vazirlik
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti mas’ul xodimi
tomonidan “Xodimbay” ishlash tizimi yanada takomillashtirish maqsadida yaratilgan
elektron tizim haqida prezidentatsiya qilish orqali batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng barcha mas’ullarga ushbu elektron tizimdan
foydalanishlari uchun boshqarma rahbariyati tomonidan planshetlar topshirildi.