Surxondaryo viloyati IIBda xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan jismoniy-jangovar tayyorgarlik hamda o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Joriy yilning 16 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIBda xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 22 sentabr kunidagi "Ichki ishlar
organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini
tashkillashtirish to‘g‘risida"gi buyrug‘i asosida navbatdagi sport mashg‘ulotlari
o‘tkazildi.
Sport mashg‘ulotlariga
jalb qilingan malakali sport mutaxassisi tomonidan shaxsiy tarkibning xizmat vazifalariga
mos jismoniy yuklamalarni bajara olishlari, chidamliligi va tezkorligini oshirish,
shuningdek shaxs va jamiyatga bo‘lgan tajovuzlarni oldini olish maqsadida qo‘l jangi,
sambo va sportning boshqa turlari bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Shuningdek viloyat IIBning 2024 yil 4 aprel kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan xodimalarning o‘q-otar qurollardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, jangovar va elektron “Tir”lardan amaliy "O‘q otish" mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Bunda ayol xodimlar merganlik mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.