3 Fevral 2025 yil 631

Surxondaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi kursantlari uchun ish o‘rganish amaliyoti boshlandi

Surxondaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi 3-kurs kursantlari uchun malakaviy ish o‘rganish amaliyotini boshlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat IIB rahbariyati, IIV Akademiyasi va IIV ShXBB Surxondaryoda viloyat boshqarmasi mas’ullari, kursantlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda kursantlarga biriktirilgan murabbiylar tanishtirildi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, o‘qish davomida o‘zining namunali xulqi va bilimi bilan tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh kursantlarning ota-onalari Akademiya rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va minnatdorchilik xatlari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech