28 Oktyabr 2023 yil 755

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Osoyishtalik posbonlari - zamonamiz qahramonlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 28 oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va barcha shahar-tuman IIB xodimlari bilan video selektor tarzida “Osoyishtalik posbonlari - zamonamiz qahramonlari (25 oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni) mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev so‘zga chiqib,  xozirgi kunda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan hamda tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilib xozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan viloyat ichki ishlar organlarining Faxriy xodimlarini bayram bilan tabrikladi hamda hozirgi kunda ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Buning yaqqol misoli sifatida ichki ishlar organlari xodimlariga yana bir yengillik yaratish maqadida “Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy ximoya qilish” yo‘nalishida “E - elektron” tizim ishga tushganligini alohida qayd etilib, ushbu tizim yuzasidan xodimlarga videorolik orqali tushunchalar berildi.

Dars mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.B.Samandarov hafta davomida xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy oqibatlarni shaxsiy tarkib e’tiboriga o‘qib eshittirib, xizmat va ijro intizomi hamda qonunchilikka qat’iy rioya etish yuzasidan tanqidiy-tahliliy ma’lumotlar keltirib,  ushbu yo‘nalishda har bir xodim qattiq ogohlantirildi.

Dars mashg‘uloti yakunida, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining    2021 yil 15 iyun kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 23 oktabr kuni Toshkent shahrida “Yilning eng faol faxriy xodimi” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tganligi, unda Sherobod tumani ichki ishlar bo‘limi Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik Shaymardonov Iskandar Ibragimovich munosib ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib,  I-darajali diplom hamda Respublikadagi eng yaxshi sanataroiy-kurort davolash muassasalaridan biriga ikki kishilik bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritganligi o‘qib eshittirli.

Iste’fodagi podpolkovnik Shaymardonov Iskandar Ibragimovichga tanlovdagi munosib ishtiroki uchun boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Iste’fodagi podpolkovnik I.Shaymardonov Respublika ko‘rik tanlovidagi ta’surootlari bilan  o‘rtoqlashib, xizmat davrida o‘zining bosib o‘tgan yo‘llari misolida shaxsiy tarkibga tegishli o‘git va tavsiyalarini berib o‘tdi

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech