Surxondaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi tinglovchilari bilan amaliyot oldi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
So‘nggi yillarda, Muhtaram Prezidentimiz
boshchiligida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash va har bir fuqaroning
qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, ichki ishlar organlari
uchun mutaxassislar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, xodimlarning
malakasiga qarab xizmat bo‘yicha o‘sishni ta’minlash, shuningdek, kuch va vositalarni
samarali boshqarishda rahbar kadrlarning intellektual va professional salohiyatini
yanada oshirish maqsadida ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning
sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
qarorlari qabul qilindi.
Ushbu qaror asosida,
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ichki ishlar organlari uchun mutaxassis kadrlarni
tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bunga yaqqol misol
bo‘la oladi.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida 2024 yil 5-fevral kuni, O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish
to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda amaliyotni yuqori saviyada
tashkil etish maqsadida 2024-yilning 5-fevral
kunidan 12-may kuniga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy
xizmatlari hamda barcha shahar-tuman ichki
ishlar bo‘limlarida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining
kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlarining bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyotini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati IIB MMI
va KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari, sohaviy xizmatlar boshliqlari, kadrlar bilan
ta’minlash bo‘limlari xodimlari, shahar-tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari,
IIV Akademiyasi HPB kafedrasi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati Faxriylar kengashi
a’zolari, IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursining 42 nafar kursantlari
hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilish davomida,
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlarining
bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyoti
davrida shaxsiy xavfsizlik choralariga, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya etishlari bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar
hamda kursantlarga amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bajarishlari, amaliyot faoliyatiga
taalluqli ko‘nikmalarni shakllantirishlari, mutaxassislik bo‘yicha mustahkam kasb
mahoratini egallashlari va takomillashtirishlari, ijtimoiy, tarbiyaviy hamda tashkilotchilik
faoliyati tajribasini orttirishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi bo‘yicha
mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyoti yakunida kursantlardan komissiya
tarkibida sinovlar qabul qilinib, har bir kursantning faoliyatiga xolisona baho
berilishi, O‘zbekiston Respublikasi IIV faoliyatini takomillashtirishga oid buyruq,
ko‘rsatma va normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal ravishda o‘rganib, ulardan o‘zining
kundalik xizmat faoliyatida to‘g‘ri va to‘liq foydalanib, ushbu buyruq va ko‘rsatmalarning
talablari asosida xizmat olib borishlari, o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalariga
vijdonan yondoshib, fuqarolarning huquq va erkilliklari, xavfsizligini ta’minlash,
jamoat tartibini saqlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan turli
tezkor-qidiruv tadbirlarda faol ishtirok etishlari to‘g‘risida uqtirib o‘tildai.
O‘qish faoliyati davomida
yaxshi natijalarga erishgan bir guruh kursantlar va ularning ota-onalariga IIV Akademiyasi
hamda Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati nomidan minnatdorchiliklar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida ichki ishlar Faxriylar kengashi a’zolari
o‘zlarining faoliyatlari davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kursantlarning
o‘qish va ishlariga omadlar tiladi.