Surxondaryo viloyati IIBda Ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikdagi “Yo‘l xarita” imzolandi.
Joriy yilning 10 fevral kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev tomonidan olib borilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullaeva ham ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 2025-yil Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ichki ishlar organlari xodimlarining
ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yanada oshirish,
ularda ona – Vatanga sadoqat, xizmatda jasurlik hamda fidoyilik ruhini yanada
chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Tadbirda
so‘z olgan Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullaeva
hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Shadievlar hamkorlikda istiqboldagi
vazifalar haqida fikr mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, “Ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga yangi harakatga aylanishi kerak!”-degan ezgu da’vat asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib e’tiboriga yana bir bor yetkazildi.