Surxondaryo viloyati IIBda tergovchi va surishtiruvchilar uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Joriy yilning
17 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB binosida boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi
va uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida videokonferens
aloqa tizimi orqali Tergov departamentining 2024 yil 8 avgust kunidagi tegishli
ko‘rsatmasida belgilangan vazifalar ya’ni tergov sifatini oshirish, jinoyat ishlarini
har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, tergov faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan
kamchiliklarning oldini olish maqsadiga qaratilgan o‘quv-seminar
mashg‘uloti tashkil etildi.
Tashkil etilgan
o‘quv-seminar mashg‘ulotida, Termiz shahar sudi sudyasi
Sh.Yuldashev, viloyat prokuraturasi 16-bo‘lim prokurori S.Abduvoxidov, viloyat sud-tibbiyot
ekspertizasi byurosi boshlig‘i F.Muhammadiev, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika
bo‘limi katta eksperti A.Sharopovlar tergovchi va surishtiruvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi.
O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida tergovchi
va surishtiruvchilar ham nazariy ham amaliyot jihatidan bilim va ko‘nikmalarini
oshirish bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan tegishli
javoblar olishdi.