Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Kitob – inson ma’naviyati poydevori” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
22 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Kitob – inson ma’naviyati poydevori” mavzusida navbatdagi
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi Shahlo
Chorievaning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul
xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, xodimlarning xizmat intizomi
hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini bildirib
o‘tdi.
Shuningdek,
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan
Joriy yilning 1 iyul kunidan 31 iyul kuniga qadar Respublikaning barcha hududlarida
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida targ‘ibot-tashviqot
tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilishi
belgilanganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha shaxsiy tarkib faol ishtirok
etishga chorlab, oylik doirasida barcha aholi qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot va
tashviqot ishlarini olib borishlari uqtirildi.
Bundan
tashqari, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy
rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi
xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining
buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilib kelgan viloyat
IIB Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash guruhi mas’ul xodimi podpolkovnik
Dilmurod Pardaev, Qurolli kuchlar zahirasiga olinib, nafaqaga tantanali ravishda
kuzatildi.