Surxondaryo viloyati IIBda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev huzurida 2024 yil davomida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish videoselektor tarzida o‘tkazilib, unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shaxsiy
tarkibi, sohaviy xizmatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, shahar-tuman
IIB boshliqlarining Ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta
inspektorlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, 2024 yil mobaynida xizmat xodimlari hamda joylardagi mas’ullar
tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar xizmat boshlig‘ining
o‘rinbosarlari tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Sh.Shadiev tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga bir qator topshiriq va takliflar berildi.