Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Navoiy merosi-millat xazinasi (9-fevral Alisher Navoiy tavallud topgan kun)” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 10 fevral kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Navoiy merosi-millat xazinasi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz Davlat Universiteti qoshidagi Akademik litseyi
tarix fani bosh o‘qituvchisi Jahongir Usmonovning
ma’ruzasi tinglandi.
O‘Zbekiston Respublikasi IIV tomonidan
taqdim qilingan hafta davomida yurtimizda va xorijda
ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tavfsiloti bo‘yicha video rolik shaxsiy
tarkib e’tiboriga havola etildi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov
tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya
qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari,
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida
tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga Ichki ishlar
vazirining tegishli buyrug‘i bilan navbatdagi maxsus unvonlari hamda Eron islom
Respublikasining Tehron shahrida sportning “Milliy kurash” turi bo‘yicha bo‘lib
o‘tgan “Osiyo chempionati”da faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan viloyat IIB
Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi katta serjant Shermuhammad
Jandreevga pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga
fuqarolar tomonidan taklif etilgan porani olishdan rad etib, xizmatdoshlariga o‘rnak
ko‘rsatib, korrupsiyaga murosasizlik bilan qarshi kurashishda o‘z hissalarini qo‘shgan
bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari viloyat IIBning pul mukofoti hamda qimmatbaho
sovg‘alari bilan munosib ravishda rag‘batlantirildi.