Surxondaryo viloyati IIBda “Ma’naviyat oyligi”ni samarali tashkil etish maqsadida, ikki tomonlama “Dastur” imzolandi.
Joriy yilning 1 aprel kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” shiori ostida joriy yilning 1-aprel kunidan 30-aprel kuniga qadar “Ma’naviyat oyligi” doirasida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar “Dasturi”ni imzolashga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda
viloyat
IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev, viloyat Ma’naviyat
va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nargiza Rahmatullaeva, viloyat Ichki ishlar
boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida
ishtirok etishdi.
Imzolangan
“Dastur”ga ko‘ra, “Ma’naviyat oyligi”ni
o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, ichki
ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, umumiy dunyoqarashi,
siyosiy ongi, ma’naviy qiyofasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor,
kasbiga nisbatan sadoqat va mas’uliyat hislarini mustahkamlash, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda
davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy
qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon-e’tiqodi
va irodasi mustahkam, ma’naviyatli, fidoyi, ajdodlarimiz va mardlik ko‘rsatib halok
bo‘lgan xodimlarning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs sifatida
tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy
daxldorlik hamda yuqori mas’uliyat hissini qaror toptirish maqsad qilinganligi qayd etilgan.
Shuningdek, “Ma’naviyat oyligi”ni samarali o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqilishi, shaxsiy tarkibning ma’naviy bilim saviyasini oshirishga qaratilgan vazifalar, oylik doirasida turli ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, “Ma’naviyat marshruti” bo‘yicha diqqatga sazovor joylarga tashriflarni tashkil etilishi belgilab olindi.