Surxondaryo viloyati IIBda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Joriy yilning 10 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov huzurida video selektor tarzida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat
rahbarlari, shahar-tuman IIB studiyalaridan
mas’ullar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash,
sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”da fosh etish, ichki ishlar organlari xodimlarining
xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish borasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklarga yo‘l qo‘ymasliklari borasida tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.