Surxondaryo viloyati IIBda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Uchqun Yakubov hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadievlar huzurida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Video selektor yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Uchqun Yakubov Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan viloyat hududida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan muhokama qilindi.