13 Iyul 2024 yil 451

Surxondaryo viloyati IIBda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi sohasida joriy yil olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Joriy yilning 13 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev  huzurida viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan 2024 yilning 6 oyi  davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Husniddin Xallievning hisoboti eshitilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabrdagi PF–6065-son Farmoni ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda ta’minlash maqsadida hududiy migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan 125,012 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartalari, shuningdek, chet elga doimiy yoki vaqtincha chiqish uchun murojaat qilgan 51,684 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportlari, rasmiylashtirib berilgani, hududiy migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan 29,969 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yashash manzillari bo‘yicha viloyat hududiga doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgani, bundan tashqari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan 4,597 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport-viza qoidalariga amal qilmay, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 223-moddasining tegishli bandlariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimalar davlat foydasiga undirilgani ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev va IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish zarurligi uqtirildi.

Muhokama yig‘ilish yakunida, ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.

Text to speech