1 Aprel 2025 yil 233

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Sahna – hayot ko‘zgusi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 1 aprel mart kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiyev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Sahna – hayot ko‘zgusi” (27-mart – Xalqaro teatr kuni)” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nargiza Rahmatullayevaning ma’ruzasi tinglandi.

O‘quv darsi davomida, yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqeyalar tavfsiloti bo‘yicha video rolikni shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech