Surxondaryo viloyati IIBda Probatsiya xizmati xodimlariga elekrtoskuterlar topshirildi
Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boshqarmasi
va uning quyi bo‘linmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda sohaning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish maqsadida
Probatsiya bo‘linmalari xodimlariga xizmatda foydalanishlari uchun 15 dona
elektroskuterlar tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i
polkovnik Abduvohid Ismoilov ishtirok etib, ushbu elektroskuter vositalaridan probatsiya
nazoartidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda, ularning tayinlangan jazoni o‘tashda
amaldagi qonunga rioya qilayotganliklarini tekshirib borishda xizmatda samarali
foydalanib, viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi
ishlariga omadlar tiladi.