Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “O‘zbekiston – ijtimoiy va dunyoviy davlat” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 07 oktabr kuni Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev ishtirokida viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “O‘zbekiston – ijtimoiy va dunyoviy davlat” mavzusida ma’rifat darsi
o‘tkazildi.
Ushbu ma’rifat darsi noananaviy tarzda
ya’ni Termiz shahrida joylashgan viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida tashkil etildi. Ushbu
tadbirga Boshqarma sohaviy xizmat xodimlari, Termiz shahar IIB xodimlari va ularning
oila a’zolari hamda Ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib,
xozirgi kunda keksalik gashtini suryotgan Ichki ishlar organlarining bir gurux Faxriylari
taklif etilib, yig‘ilgan tomoshabinlarga teatr ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan
dasturlari namoyish etildi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan
asosiy maqsad, xodimlarimiz ularning oila
a’zolari va mehnat faxriylarining madaniy hordiq chiqarishlari, qolaversa ularda
vatanparvarlik xissini yanada kuchaytirish, ma’naviy bilimlarini yanada boyitishdan
iborat.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati