5 Mart 2024 yil 671

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazilib, xodimlardan oraliq nazorat sinov imtihonlari olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 22 sentabr kunidagi tegishli buyrug‘i talablari asosida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi apparati shaxsiy tarkibi xodimlari bilan sport ustalari jalb qilingan holda navbatdagi “Jismoniy tayyorgarlik” o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida, shaxsiy tarkibning jismoniy faolligi, jangovar shayligi  va mahoratlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 20 fevral kunidagi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2024 yil 28 fevral kunidagi tegishli farmoyishlariga asosan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining soxaviy-xizmat xodimlaridan “Jismoniy tayyorgarlik” bo‘yicha oralik nazorat sinovi imtihonlarini qabul qilindi.

Ichki ishlar organlari shaxmiy tarkibi tomonidan to‘sinda tortilish, 100 metr va 3 km masofaga yugurish hamda qo‘l janggi  mashqlarini bajarish mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek xodimlarning og‘irlik darajasini o‘rganish maqsadida viloyat IIB Tibbiyot bo‘limining malakali xodimlari tomonidan vaznlari o‘lchab ko‘rildi.

Text to speech