27 May 2024 yil 512

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Kiberxavfsizlik – shaxs va ma’lumot xavfsizligi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 27 may kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Kiberxavfsizlik – shaxs va ma’lumot xavfsizligi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi leytenant A.Mo‘minovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, joriy yilning 1-4 may kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Mudofaa vazirligining “Mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazi”da vazirlik va idoralar, shu jumladan Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Bojxona qo‘mitasining jami 9 ta jamoalari o‘rtasida idoralararo “Dog biatloni bellashuvi” musobaqasi o‘tkazilgan edi.

Ushbu musobaqada shaxsiy birinchilikda Ichki ishlar vazirligi jamoasi a’zosi Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi kinologi safdor Bexruz Eshqobilov faxrli o‘rinni egallaganligi munosabati bilan medal va faxriy yoriq tantanali ravishda topshirildi.

 “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Text to speech