11 Mart 2024 yil 643

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ilim-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustivor masaladir” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 11 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Ilim-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustivor masaladir” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa do‘ktori Shuxrat Xudoyberdievning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.

Shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, korrupsion jinoyatlarning oldini olishda namuna ko‘rsatib kelayotgan viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi chet el fuqarolarini hisobga olish guruhi bosh inspektori boshqarma boshlig‘ining qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlanib, el-yurt oldida qilayotgan xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Text to speech