Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Korrupsiya - taraqqiyotga jiddiy to‘siq” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 16 dekabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida boshqarma shaxsiy tarkibi bilan
“Korrupsiya - taraqqiyotga jiddiy to‘siq” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi
o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahar
Adliya bo‘limi boshlig‘i Abdusalom Jabborov hamda Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti 2-darajali adliya maslahatchisi Voxid
Nazarovlarning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Surxondaryo viloyati
IIB Axborot xizmati