11 Noyabr 2023 yil 894

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Fuqaro muhofazasi - strategik amaliyot” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 11 noyabr  kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Fuqaro muhofazasi - strategik amaliyot” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahar shahar 4 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Malik Xurramovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatida faoliyat olib borgan podpolkovnik Gulnahol Rahmatovani pesiyaga kuzatish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech