30 Dekabr 2023 yil 1654

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Qonun, mafkura va ma’naviyat” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 30 dekabr  kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Bugungi geosiyosat va O‘zbekiston” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar do‘ktori professor Pardaev Toshkenboy Rajabovichning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

 “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.

Text to speech