20 May 2024 yil 560

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Muzeylar-moziydan so‘zlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 20 may kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Muzeylar-moziydan so‘zlar” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat muzey qo‘riqxonasi bo‘lim mudiri Sayyora Karimovaning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondoshib, jirkanch illatlardan biri korrupsiyaga murosasiz qarshi kurashishda safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishgan bo‘lsa, viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilgan xodimlarning 4 nafari pensiyaga tantanali ravishda kuzatildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Text to speech